Yaponiya baliqchilarga qariyb 136 million dollar ajratadi

    Yaponiya “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi suvning okeanga oqizilishi oqibatida zarar ko'rgan baliqchilarga 20 million iyena ajratadi.

    Avvalroq mamlakat hukumati baliqchilik sohasini 80 milliard iyena (taxminan 552 million dollar) miqdorida qo'llab-quvvatlash choralarini e'lon qilgan edi.

    Yangi yordam paketi ba'zi davlatlar, birinchi navbatda, Xitoy tomonidan yapon dengiz mahsulotlari importiga qo'yilgan embargo tufayli yetkazilgan zararni kamaytirish uchun mo'ljallangan. Rasman bu qaror kelasi haftada e'lon qilinadi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

    Avvalroq Bosh vazir Fumio Kisida Yaponiya baliqchilik sanoatini qo'llab-quvvatlashini va Xitoy kabi bozorlarga qaramlikni kamaytirish uchun dengiz mahsulotlari eksporti tuzilmasini o'zgartirishini aytgan edi.

    24 avgust, payshanba kuni Yaponiya “Fukusima-1” AESdan radioaktiv moddalardan tozalangan suvning birinchi partiyasini okeanga oqizishni boshladi. Stansiyadagi rezervuarlarda 1,25 million tonnadan ortiq suv to'plangan bo'lib, u 2011-yilning mart oyidagi sunami oqibatida zararlangan reaktorlarni sovutish uchun sarflangan. Rasmiylarning ta'kidlashicha, suv umuman radioaktiv moddalardan tozalangan, unda faqat vodorod (tritiy) izotopi mavjud. Biroq Xitoy bu harakatlarini keskin qoraladi va yapon dengiz mahsulotlarini import qilishni butunlay taqiqladi, deb xabar beradi mir24.tv.