Suhbat chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
Infratuzilmaviy rivojlanish, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishga sobit ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.