“Men Kim Chen Inga Yaponiya-Shimoliy Koreya munosabatlaridagi muammolarni hal qilish va ikki davlat uchun yangi davr ochish niyatimni bildirishda davom etaman va shu bilan birga, yuqori darajada uchrashuv va muzokaralarni tez orada o'tkazish zarur, deb hisoblayman. Buning uchun turli kanallar orqali yuqori darajadagi ishlar olib borilmoqda. Biroq uning mazmuni haqida ayta olmayman, chunki bu bo'lajak muzokaralarga ta'sir qilishi mumkin”, dedi Kisida.
Yil boshida Kim Chen In 1-yanvar kuni Noto hududida yuz bergan zilzila munosabati bilan yapon xalqiga hamdardlik bildirgan edi. Buning uchun Yaponiya hukumati unga minnatdorchilik bildirgan, deb xabar beradi ria.ru.