Yaponiya bosh vaziri O'zbekistonga tashrifini bekor qildi

    Xalqaro hamkorlik 9 Avgust 2024 791

    Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

    Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 9-12 avgust kunlari Qozog'iston, O'zbekiston va Mo'g'ulistonga rejalashtirilgan to'rt kunlik safarini bekor qildi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

    Kecha Yaponiyaning janubi-g'arbiy qismida sodir bo'lgan 7,1 magnitudali zilziladan keyin mamlakat meteorologiya agentligi Tinch okeanining janubi-g'arbdan Yaponiyaning markaziy qismigacha cho'zilgan keng hududida kuchli zilzila sodir bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirishni berdi.

    Shu sabab Fumio Kisida safarining bekor qilinishini e'lon qildi.

    Payshanba kungi zilzila Miyazaki va qo'shni ikki prefekturadagi binolarga katta zarar etkazgan. O'lim holatlari qayd etilmagan.