Yaponiya: fevralda yana Fukusima-1 AESdagi suv okeanga oqiziladi

    Yaponiyaning “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidan tozalangan past radioaktiv holatdagi suvning to'rtinchi partiyasi joriy yilning fevral oyining ikkinchi yarmida okeanga oqiziladi.

    Bu haqda TERCO operator-kompaniyasi vakillari brifingida ma'lum qilishdi.

    Operator-kompaniya vakillari yaqin vaqt ichida ikkinchi energoblokdagi qoldiqlarni qisman olib tashlashga tayyorgarlik ishlari boshlanishi haqida xabar berishdi. Shu bilan birga, TERCO hozircha ushbu operatsiyaning vaqti hamda xarajatlariga aniq to'xtalib o'tmadi.

    24-avgust kuni TERCO kompaniyasi avval shikastlangan reaktorlarni sovitish uchun xizmat qilgan, keyin esa ALPS tizimida tozalangan suvni okeanga oqizishni boshladi.

    TERCO va Yaponiya rasmiylarining suvning oqizilishi atrof-muhit va odamlar uchun xavf tug'dirmaydi, degan da'volariga qaramay, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar bunday harakatlarni keskin tanqid qildi. Xususan, XXR barcha yapon dengiz mahsulotlarini import qilishni taqiqladi va Yaponiyaning boshqa mahsulotlariga nisbatan bojxona nazoratini kuchaytirdi. Shuningdek, 16-oktabr kuni Rosselxoznadzor Xitoyning Yaponiyadan baliq mahsulotlarini yetkazib berilishini cheklash bo'yicha choralariga qo'shilganini e'lon qildi, deb xabar beradi ria.ru.