Kisida tez orada Liberal-demokratik partiyasining hukmron koalitsiyadagi hamkori bo'lgan Komeyto partiyasi rahbari Natsuo Yamaguti bilan uchrashuv o'tkazadi. Siyosatchilar yangi Vazirlar Mahkamasini shakllantirish masalasini muhokama qilishadi. Jarayon tugagach, yangi vazirlar maxsus marosimda Yaponiya imperatori Naruxito tomonidan tasdiqlanadi.

Yangi hukumatda 19 vazirdan 13 nafari almashadi, ulardan 11 nafari birinchi marta o'z lavozimini egallashi kutilmoqda. Beshta lavozimni ayollar egallaydi, deb xabar beradi mir24.tv.