Yaponiya hukumati pandemiya tufayli biznesni rivojlantirishga doir ayrim imtiyozlarni cheklashga majbur

    Turizm uchun 50 foizgacha chegirma joriy etilib, ular toʼliqligicha davlat byudjeti tomonidan qoplab berildi.

    Pandemiya davrida “uyqudagi” iqtisodiyotni jonlantirish maqsadida “Go To Travel” ichki turizmni rivojlantirish loyihasi qabul qilingan edi.

    Unga koʼra, turizm uchun 50 foizgacha chegirma joriy etilib, ular toʼliqligicha davlat byudjeti tomonidan qoplab berildi.

    Bu loyiha juda omadli qarorlardan biri boʼldi. Bir necha 10 millionlab aholining mamlakat ichidagi harakati jonlandi, mehmonxona, transport, restoran, koʼngilochar maskanlar va boshqa koʼplab kichik biznes obʼektlari yana odamlar bilan toʼla boshlandi (xullas, hukumat aholi pulini mohirona aylantira oldi).

    Аmmo soʼngi haftadagi koronavirus koʼrsatkichlarida ketma-ket “antikrekordlar” qayd etilishi sababli, ushbu loyihani vaqtinchalik toʼxtatishga qaror qilindi.

    Bunday toʼxtamga kelish jarayoni ham oʼziga xos. Yaʼni, siyosatchilar va mahalliy prefektura rahbarlari loyihani davom ettirishni yoqlayotgan boʼlsa, pandemiya davrida osoyishtalikni taʼminlash boʼyicha tuzilgan tibbiy ekspertlar guruhi buni rad etdi.

    Hukumat bir necha kunlik ikkilanishdan soʼng, oxiri tibbiyot mutaxassislarining xulosasini maʼqulladi.