Yaponiya Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabda ta'lim jarayonlarini takomillashtirish uchun grant mablag'i ajratdi

    O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ta'lim muassasasida ta'lim jarayonlarini takomillashtirish uchun Yaponiya hukumatining grantini jalb qildi.

    Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati Yaponiya hukumatining “Inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg'araz yordam” ((Japanʼs Grant Assistance for Grassroots Human Security Projects) dasturi doirasida 43,6 ming AQSH dollari miqdorida grant mablag'ini oladi.

    Dekabr oyining o'rtalarida O'zbekistondagi Yaponiya elchixonasi va Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'rtasida grant ajratilishi bo'yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.
    Loyiha doirasida Yaponiya hukumati ajratgan grant mablag'lar ta'lim muassasaning “Til markazi”dagi mavjud xonalarni eng so'nggi rusumdagi axborot texnologiyalari va sinf jihozlarini xarid qilishga yo'naltiriladi.
    Mazkur loyiha amalga oshirilganidan so'ng maktab o'quvchilari va hudud aholisi o'zbek, yapon va ingliz tillarini o'rganishlari uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi.