Yaponiya janubi-g‘arbida 2,5 millionga yaqin odam evakuatsiya qilindi

    Tashvishli xabar 18 Sentabr 2022 1680

    Evakuatsiya beshta mumkin bo‘lgan tahdid darajasining to‘rtinchisi bo‘lib, Kyushu orolidagi Kagosima prefekturasining Izumi va Nisinoomote shaharlarida yashovchi 68 mingga yaqin aholi uchun bunday xavf darajasi e’lon qilingan.

    Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida o‘ta kuchli “Nanmadol” to‘foni yaqinlashayotgani sababli 2,5 millionga yaqin aholi evakuatsiya qilinishiga buyruq berildi, deb xabar bermoqda NHK.

    O‘tgan tunda Yaponiya bosh meteorologiya agentligi Mikroneziya madaniyati yodgorligi – Nan Madol majmuasi nomini olgan “Nanmadol” to‘foni o‘tishi munosabati bilan Kagosima prefekturasi aholisini bo‘ronli shamollar, baland to‘lqinlar va bo‘ron ko‘tarilishi xavfi haqida ogohlantirdi.

    Ayni damda to‘fon Kyusyu shahridan janubda va shimoli-g‘arbga qarab harakatlanmoqda. Uning markazida shamol tezligi soniyasiga 50-70 metrgacha yetadi.

    Meteorologlar suv toshqinlari va ko‘chkilarning jiddiy xavfi haqida ogohlantirmoqda.

    To‘fon munosabati bilan siklon hududlarida 510 ta reys bekor qilindi, orollar orasidagi parom qatnovi, shuningdek, ayrim uchastkalarda tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatildi.

    Bundan tashqari, allaqachon elektr ta’minotida uzilishlar mavjud. Xususan, siklon hududidagi 22 mingdan ortiq uy elektr ta’minotisiz qolgan.