Kecha Tailandda futbol boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Turnirning finalida  Yaponiya va  Janubiy koreyalik yoshlar toʻqnash kelishdi. Qizgʻin kechgan bahsda yaponiyaliklar 3:0 hisobida gʻolib chiqib, Osiyo chempioni boʻldi.

Ushbu qitʼa birinchiligida Oʻzbekiston U-17 ham ishtirok etganidan xabaringiz bor, albatta. Oʻsmirlarimiz yarim finalgacha yetib kelib, jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.