Unda Yaponiya hukumatining begʻaraz yordami doirasida amalga oshirilayotgan 3 milliard iyenalik (6,3 million dollar) “Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi” boʻyicha almashinuv notalarini imzolandi.
Hujjatlarga asosan Oʻzbekistonga kompyuter tomografiyasi skanerlari va rentgen apparatlari bilan jihozlangan qoʻshimcha 4 ta tibbiy mobil konteyner yetkaziladi. Bu bilan respublika boʻylab samarali tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatlari yanada yaxshilanadi.
Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, Oʻzbekistonda yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga sodiqliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Kompyuter tomografiyasi skanerlari qator kasalliklarni aniqlashda juda muhim hisoblanadi. Mobil tibbiy konteyner har qanday joyda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham xizmat koʻrsatishi mumkin.