Yaponiya oʻzbekistonlik 10 ming nafar mutaxassisni ish bilan taʼminlaydi

    Bu boʻyicha Migratsiya agentligi Yaponiyaning “JCAEMCE” tashkiloti bilan kelishuv imzoladi.

    Qayd etilishicha, Migratsiya agentligi hamda “Japan-China-Asia Medical Educational Cultural Exchange General Incorporated Association” (JCAEMCE) tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolanib, “Yaponiyaga 10 ming nafar oʻzbek mutaxassislarni jalb qilish loyihasi”ga start berildi.

    Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida yapon tili va imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish va ishga joylashish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar boʻyicha “Yapon Mahorat Nuri” kurslari ochiladi.

    Bundan tashqari, WiseBridge maxsus onlayn platformasi orqali Yaponiyadagi boʻsh ish oʻrinlarini mustaqil tanlash va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish mumkin. Platforma 2025-yil iyun oyida ishlay boshlaydi.