Mazkur hujjat asosida Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etilayotgan 291 mln. Yaponiya iyenasi (2,6 mln. AQSH dollari ekvivalentiga teng) miqdoridagi grant qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Mazkur grantlar, asosan, Yaponiyaning yetakchi universitetlarining magistratura bosqichida oʻqish tashkil etishga qaratiladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish kimlar tomonidan muvofiqlashtiriladi va oʻqish uchun nomzodlarni kim tanlab oladi?

Oʻzbekiston tomonidan:

  • Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat,
  • Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati;
  • Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi; yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari;

Yaponiya tomonidan:

  • Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi;
  • Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA);
  • Oʻzbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi (UJS) tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur loyiha doirasida Yaponiyada tahsil olayotgan stipendiantlarning oʻqishi va oʻqishini tamomlaganlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib boriladi.

Eʼtiborli jihati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisida hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi Nizom”ning 7-bandiga muvofiq, mazkur loyiha stipendiantlariga berilgan maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu qaror loyihasi uchun muhokama shu yilning 6-avgustigacha davom etadi.