YAponiya o'zbekistonlik xotin-qizlarga 3 million dollar miqdorida moliyaviy yordam ajratadi

    Biznes 26 May 2020 964

    Bu mablag' ayollarga kasbiy tayyorgarlikdan o'tish va o'z bizneslarini boshlash imkoniyatini beradi.

    YAponiya hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida O'zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish uchun 3 million dollar miqdorida moliyaviy yordam beradi, deya xabar beradi mamlakatning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati.

    Farg'ona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi 3500 nafar ayol kasbiy tayyorgarlikdan o'tishi, moliyaviy xizmatlardan foydalanishi va biznes qilish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.

    Ushbu loyiha 300 ta kichik va o'rta korxonaga biznesni yuritish uchun mablag' yo'naltirishga va 1 ming 500 ta yangi ish o'rinlarini yaratishga yordam beradi.

    Bundan tashqari, pandemiya davrida YAponiya Tashqi ishlar vazirligi va YAponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O'zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun tibbiy uskunalar, shaxsiy himoya vositalari, sun'iy nafas olish (IVL), raqamli rentgen diagnostika uskunalari va boshqa narsalarni etkazib berishni rejalashtirmoqda.