Seysmik hodisa mahalliy vaqt bilan 04:33 da Miyagi prefekturasi yaqinidagi shimoli-sharqiy sohilda qayd etilgan. Zilzila o'chog'i 60 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishlarining maksimal kuchi Yaponiyada qabul qilingan yetti balllik shkala bo'yicha to'rt ballga yetdi, deb xabar beradi mir24.tv.
18-sentabr kuni Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Miyako oroli g'arbida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo'lgani xabar qilingan edi.