26-may kuni Yaponiyaning Tiba prefekturasi qirg'oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.
Zilzila o'chog'i taxminan 50 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Poytaxt viloyatida kuchli zilzila haqida ogohlantirish tizimi ishladi va barcha telekanallar tegishli xabarlarni efirga uzatdi.
Tokioda bir daqiqa davomida kuchli silkinishlar sezildi, uylarda mebellar chayqaldi, deb xabar beradi korrespondent.net.