Yaponiya qirg'oqlarida tankerning ag'darilib ketishi oqibatida yetti nafar ekipaj a'zosi hayotdan ko'z yumdi

    Yamaguti prefekturasi qirg'oqlarida ag'darilib ketgan Janubiy Koreyaning kimyoviy tankerining yetti nafar ekipaj a'zosi halok bo'ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

    Sohil xavfsizlik xizmati hozirgacha to'qqiz kishini suvdan olib chiqqan. Shifokorlar ulardan yetti nafarining o'limini tasdiqladi, yana ikki nafarining ahvoli haqida xabar berilmadi.

    Kema bortida jami 11 nafar ekipaj a'zosi bo'lgan, ulardan 8 nafari Indoneziya, 2 nafari Janubiy Koreya va 1 nafari Xitoy fuqarolaridir.

    Ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Operatsiyaga Sohil xavfsizlik xizmati vertolyotlari va qayiqlari jalb qilingan, deb xabar beradi tass.ru.