Xalqimizda oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir degan purmaʼno maqol bor. Yaponiya qishloq xoʻjaligi vaziri bunday gaplarni eshitmagan chogʻi, bir gapi bilan vazirlik karyerasini barbod qildi.
NHK World Japan portalining xabariga koʻra, kuni kecha vazir Taku Eto Yaponiyada guruch narxi keskin koʻtarilishi fonida shunday degandi:
“Men hech qachon guruch sotib olmaganman. Bizga uni hadya qiladigan koʻplab tarafdorlarimiz bor”.
Yaponiya bosh vaziri uning arizasini qabul qilgan, deb yozadi NHK World Japan.
Aprel oyida Yaponiyada guruch 2024-yilga nisbatan 93 foiz qimmatladi. Bu 1971-yildagi oʻsishdan ham yuqori.