Raketa Tanegasima koinot markazidagi uchirish maydonchasidan Yaponiya vaqti bilan soat 14:24 da uchirildi.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, fazoviy kema Yaponiya hukumatining Information Gathering Satellite (IGS) dasturi doirasida mamlakatni o'zining sun'iy yo'ldosh razvedka ma'lumotlari bilan ta'minlash maqsadida orbitaga chiqarildi. Dasturni ishlab chiqish Shimoliy Koreyaning raketa sinovlariga javoban 1998-yilda boshlangan.
Qurilma Yaponiya Vazirlar Mahkamasining Sun'iy yo'ldosh axborot markazi tomonidan foydalaniladi. Bunda u Yaponiyaning milliy mudofaasiga ham, fuqaro falokatlari monitoringiga ham xizmat qiladi.
Sun'iy yo'ldosh mavjud yapon orbital guruhining bir qismi sifatida ishlaydi. Uning tarkibidagi qurilmalar optik-elektron va radiolokatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Yanvar oyida Yaponiya Optical 8 sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqqandi, deb xabar beradi interfax.ru.