Go To Travel tashabbuslari doirasida YAponiyaga kelgan sayohatchilar kuniga 20 000 ien (185 dollar) miqdorida subsidiya olishni boshlashlari mumkin, deyiladi hukumat bayonotida.
Hisob-kitoblarga ko'ra, mazkur subsidiya mamlakat turizm sohasi xarajatlarining qariyb yarmini qoplaydi. Vaucherlarni restoran, bar va do'konlarda sarflash mumkin. Uni olish uchun siz mehmonxona bron qilib, YAponiyaga chipta sotib olish talab etiladi.
Dastur joriy yilning 1 iyulidan boshlanishi kutilmoqda. Hukumat ushbu tashabbusga 12,5 milliard dollar ajratadi.









