Majlis uch asosiy masalaga: chegara nazorati, koronavirusning oldini olish va bu kasallik tez tarqalishi holatidagi choralarga bagʻishlanadi. Bundan tashqari komissiya musobaqalar paytida sportchilar va rasmiy shaxslar harakatlanishini kuzatish uchun yangi mobil qurilmani joriy etish imkoniyatini koʻrib chiqadi. Olimpiya oʻyinlari paytida Yaponiyaga kirish va mamlakatdan chiqish masalasida asosiy talab koronavirusdan salbiy test mavjudligi boʻladi.
Yaponiya tomoni, shuningdek boʻlajak muhokama paytida bevosita Olimpiadadan avval sportchilarning toʻplanish qoidalarini ishlab chiqishi kerak. Kun tartibida kasallikka chalinganlar soni ortib ketganda tibbiyot muassasalarida yetarlicha joy boʻlishini hamda sport inshootlarida sportchilarning salomatligini nazorat qilish masalalari ham koʻrib chiqiladi. Komissiya, shuningdek agar pandemiya kamaymaydigan boʻlsa, stadionlarda tomoshabinlar sonini kamaytirish masalasini ham muhokama qilishi mumkin.
“Tokio-2020” Olimpiya oʻyinlari 2021-yil 23-iyuldan 8-avgustgacha boʻlib oʻtishi moʻljallangan. Bu musobaqalar uch asosiy tamoyil: xavfsiz muhitni taʼminlash, xarajatlarni kamaytirish, musobaqalar oʻtkazish tizimini soddalashtirish prinsiplariga asosan oʻtkaziladi.