Avvalroq, yakshanba tongiga qadar zilzilalar oqibatida 220 kishi halok bo'lgani xabar qilingan edi. Qayd etilishicha, 1036 kishi jabrlangan, 20 nafari bilan bog'lanishning imkoni bo'lmagan.
15 mingdan ortiq uy qisman yoki toliq vayron bolgan. Isikava prefekturasida 7,8 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz, 55,5 ming xonadon esa suvsiz qolmoqda. Prefekturada 389 ta evakuatsiya punkti ochilgan, evakuatsiya qilinganlar soni 16,7 ming kishidan ortiq. Ko'priklarning qulashi va yo'llarning vayron bo'lishi sababli 415 dan ortiq kishi aloqadan uzilgan.
2024-yilning birinchi kunida Yaponiyaning g'arbiy sohilidagi Isikava prefekturasining Noto yarim oroli hududida kuchli yer silkinishlari, xususan 7,6 magnitudali zilzila yuz bergan edi, deb xabar beradi ria.ru.