Qayd etilishicha, voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, unga favqulodda xizmatlar, politsiya va mudofaa kuchlari askarlari jalb etilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, yangi yil kuni Yaponiyaning markaziy qismida sodir bo'lgan kuchli yer silkinishlari oqibatida kamida 77 kishi halok bo'lgan, 100 dan ortiq kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Isikava prefekturasida zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan ko'plab yong'inlar 200 dan ortiq turar-joy binolarini vayron qilgan, zilzilalar tufayli 250 dan ortiq binoga zarar yetgan.
30 mingdan ortiq odam evakuatsiya markazlarida qolishmoqda. Yaponiyaning markaziy va g'arbiy qismlarining 60 mingdan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi tass.ru.