баннер
7 Apr 2025
20:24

    Yaponiyada 1899-yildan buyon eng kam tugʻilish darajasi qayd etildi

    Yaponiyada chiqadigan “Mainichi” gazetasi yozishicha, 2024-yil Yaponiyada 721 000 bola tugʻilib, 1899-yildan buyon eng past koʻrsatkich kuzatildi.

    Nashr Yaponiya Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi tomonidan oʻtgan yil dekabr oyida eʼlon qilingan maʼlumotga asoslanib yozishicha, aniq raqam iyun oyida chiqishi kutilayotgan yillik statistika hisobotida aks etadi.

    Yaponlar orasida tugʻilish soni yiliga 700 000 ga ham yetmasligi mumkin. 2023-yil mamlakatda 758 600 oʻgʻil-qiz dunyoga kelgan. 2024-yil ayni roʻyxat avvalgi yilga nisbatan 5 foiz qisqardi. Holbuki, ilgari Ijtimoiy sugʻurta va aholi muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faqat 2039-yilga borib tugʻilish darajasi 720 000 ga tushishini bashorat qilgan edi. Koʻrinib turibdiki, haqiqiy ahvol mutaxassislar xulosasidan 15-yil ilgarilab ketgan.

    Aholi tabiiy kamayishi, yaʼni vafot etganlar va tugʻilganlar soni oʻrtasidagi farq, dastlabki maʼlumotga koʻra, 2024-yil 897 700 ni tashkil etgan. Bu ham rekord koʻrsatkichligi aytilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech