Yaponiyada 5,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

    Yakshanba kuni Yaponiyada 5,0 magnitudali zilzila qayd etildi.

    Xabarlarga ko'ra, seysmik hodisaning o'chog'i aholisi 172 ming kishi bo'lgan Obixiro shahridan 9 kilometr uzoqlikda joylashgan. Zilzila o'chog'i 112 metr chuqurlikda bo'lgan.

    Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar, sunami xavfi haqida hozircha ma'lumotlar yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.