Yaponiyada 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi

    Yaponiya shimolidagi Ivate va Aomori viloyatlarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

    Mamlakat meteorologiya agentligi zilzila o'chog'i Ivate shtatining qirg'oqbo'yi qismida joylashganini ma'lum qildi.

    Voqea mahalliy vaqt bilan 2-aprel kuni soat 04:24 da qayd etilgan. Sunami haqida ogohlantirish berilmagan. Zarar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.