Yaponiyada atom elektr stansiyasida tutun yuzaga kelishining sababi ma'lum qilindi

    Yaponiyaning “Suruga” (Yaponiya markazidagi Fukui prefekturasi) atom elektr stansiyasining yopilgan birinchi energiya bloki turbinali zalida tutun qisqa tutashuv va ventilyatsiya tizimidagi yong'in tufayli yuzaga kelgan.

    Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

    Unga ko'ra, yong'in tezda o'chirilgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Obyekt va uning atrofidagi radiatsiyaviy holat ham o'zgarmadi.

    “Suruga” AESning birinchi energiya blokida 2017-yildan buyon demontaj qilish ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.