Yaponiyada avtobus halokatga uchradi: kamida 18 nafar maktab o'quvchisi jarohat oldi

    Yaponiyaning Nara prefekturasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi. Kamida 18 o'quvchi jabrlandi.

    Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 9:00 da Kasixara shahridagi trassada sodir bo'lgan. To'qnashuv vaqtida avtobusda 34 nafar boshlang'ich sinf o'quvchisi bo'lgan.

    Shifokorlarning aytishicha, jabrlangan barcha o'quvchining ahvoli qoniqarli. Bolalar jiddiy jarohat olmagan. Hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.