Ibaraki prefekturasi yaqinida bortida 20 kishi bo'lgan baliqchilar kemasi ag'darilib ketdi. Bu haqda Yaponiya jamoat televideniyesi xabar berdi.
NHK telekanali ma'lumotlariga ko'ra, qutqaruv ishlari davomida 17 nafar ekipaj a'zosi topilgan, ulardan 2 nafari halok bo'lgan.
Uch nafar baliqchi bedarak yo'qolgan, ularni qidirish ishlari davom etmoqda. Qidiruv operatsiyasida mamlakat qirg'oq xavfsizligi xizmatining kemalari va vertolyotlari ishtirok etmoqda, deb xabar beradi tass.ru.