Yaponiyada COVID-19 yuqtirganlar kunlik soni ilk bor 9000 kishidan oshdi

    Juma kuni hukumat uchta prefekturada favqulodda holat joriy etish to'g'risida qaror qabul qilishi kutilmoqda.

    Chorshanba kuni birinchi marta Yaponiyada koronavirus infektsiyasi yuqtirganlar umumiy soni 9000 dan oshdi, deya xabar berdi Kyodo agentligi.

    Shu kuni birgina Tokioda COVID-19 bilan kasallangan 3177 holat qayd etildi, bu ketma-ket ikkinchi kun uchun rekord ko'rsatkich. Avvalgi rekord 8 yanvarda o'rnatilgandi (7 958) deyiladi xabarda.

    Kasallik koronavirusning juda yuqumli “del`ta” varianti tarqalishi tufayli kuchaymoqda. Chorshanba kuni butun mamlakat bo'ylab kunlik infektsiyaga chalinganlar soni 9583 taga etdi.

    Yaponiya Milliy yuqumli kasalliklar instituti ma'lumotlariga ko'ra, “del`ta” versiyasi hozirgi vaqtda megapolislar yuqtirish holatlarining 70 foizini tashkil qiladi.

    Olimpiada tashkilotchilari COVID-19 ga qarshi tegishli choralarni ko'rishga va'da berishdi. Shuningdek, sportchilar orasida koronavirus yuqtirganlar soni juda kamligi ta'kidlandi.