Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, hodisa Tanegasima kosmodromida (Kagosima prefekturasi) bo'lib o'tgan dvigatel sinovi vaqtida yuz berdi. Ayni paytda jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmadi, kosmodromga o'rnatilgan kameradan olingan tasvirlarda tutun ko'tarilgani aks etgan.
Epsilon seriyali qattiq yonilg'ili uch bosqichli raketa Yaponiya aerokosmik agentligi (JAXA) tomonidan Yaponiyaning IHI samolyot ishlab chiqarish korporatsiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Yaponiya 2013-yildan beri bunday raketalardan kichik sun'iy yo'ldoshlarni uchirish uchun foydalanmoqda, Epsilon S – uning so'nggi modifikatsiyasi, deb xabar beradi report.az.