Bir kun avval atom elektr stansiyasi operatori – TERCO suvda oqizishga tayyorlanayotgan tritiy konsentratsiyasini yana bir bor tekshirdi. Uning vakillarining ta'kidlashicha, tahlil natijalariga ko'ra litri 43 dan 63 bekkerelgacha bo'lib, bu hukumat tomonidan belgilangan me'yordan ancha past.

Rejaga ko'ra, birinchi davr 17 kun davom etadi, dengiz suvi bilan aralashtirilgan 7800 tonna tozalangan suv chiqariladi. Joriy yilida jami 31200 tonna (30 sisterna) oqizib yuborilishi kutilmoqda.

Tritiyni o'z ichiga olgan suv okeanga 1 kilometr uzunlikdagi yer osti tunneli orqali qism-qism qilib oqiziladi. Bungacha TERCO atom elektr stansiyasini sovitish uchun sarflangan har bir kubometr suv taxminan 1,2 ming kub metr dengiz suvi bilan aralashtirildi.

MAGATE rahbariyati Tokioni mazkur operatsiyaning xavfsizligiga ishontirdi.

Ma'lumki, AESda 1,34 million tonna radioaktiv suv to'planib, o'z imkoniyatlari chegarasiga yaqinlashgan.

2011-yilning mart oyida Yaponiyada zilzila sodir bo'lib, sunamiga sabab bo'lgan edi. Katta to'lqin Fukusima-1 AESdagi avariyaga olib kelgan edi.

2021-yil aprel oyida Yaponiya hukumati stansiyadan suvni maxsus tozalashdan so'ng sekin-asta okeanga chiqarish rejalarini e'lon qildi.

Tokioning qarori qo'shni davlatlar va xususan, baliqchilik sanoati vakillarining noroziligiga sabab bo'ldi, deb xabar beradi korrespondent.net.