Yaponiyada ishlashga tayyorlanayotgan nomzodlarga sertifikatlar topshirildi

    Ta'lim 11 Noyabr 2021 715

    Navoiy “Yapon tili va kasbiy malaka test markazi” bitiruvchilariga Nippon Educational Academy yapon tili maktabining sertifikatlari topshirildi.

    Bu sertifikat Yaponiya maxsus malaka testlarida (SSW tests) ishtirok etish huquqini beradi.

    SSW testlari MDH davlatlari orasida ilk bor Oʻzbekistonda 2022-yil mart oyida Toshkentda oʻtkaziladi.

    Maʼlumot uchun: Shu vaqtgacha SSW testlari 10ta Sharqiy Osiyo mamlakatida oʻtkazib kelingan. Endilikda, bu jarayonlar Oʻzbekistonda ham amalga oshirilishi fuqarolar uchun qoʻshimcha qulaylikdir.

    Nippon Educational Academy taʼlim klasterining HR (inson resurslari) agentligi testdan oʻtganlarni Yaponiyada 5 yil muddatga ishga joylashtirishni kafolatlaydi.

    29 bitiruvchi 6 oy mobaynida yapon tilini oʻrganish barobarida 2 oy ichida “qishloq xoʻjaligi va qariyalarni parvarishlash” boʻyicha kasbiy malaka kurslarini ham tamomladi, deb xabar beradi Navoiy “Yapon tili va kasbiy malaka test markazi” matbuot xizmati.