Yaponiyada koʻchki yuz berdi: talafotlar koʻp

    Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasida joylashgan Atami shahrida yuz bergan koʻchki oqibatida 13 kishi halok boʻldi, 16 kishi bedarak yoʻqoldi, deya xabar beradi iz.ru.

    Qutqarish ishlariga qariyib 500 kishi jalb qilingan. Tabiiy ofat yuz bergan tumanlarda qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Koʻchki oqibatida qariyib 130 uy vayron boʻldi.

    Bundan avvalroq Atamida yuz bergan koʻchki tufayli qariyib 20 nafar kishi bedarak yoʻqolgani xabar berilgan, mahalliy maʼmuriyat milliy quroli kuchlardan qoʻshimcha yordam soʻrab murojaat qilgandi.