Yaponiyada Tokio, Koito va Okinava prefekturalari uchun koronavirusga qarshi maxsus chora-tadbir tasdiqlandi.
Ushbu profilaktik chora-tadbir talablarning yengilroqligi bilan favqulodda vaziyatdan farqlanadi.
Unga koʻra, mahalliy hokimliklar:
- umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqa koʻngilochar maskanlarning ish vaqtini qisqartirish boʻyicha taqdimnoma yuborishga haqli;
- taqdimnoma talablarini bajarmaganlik uchun moliyaviy sanksiya (2000$ gacha) qoʻllanilishi mumkin.
Profilaktik chora-tadbir yuqoridagi prefekturalarda 5-mayga qadar (Tokio uchun 11-maygacha) davom etishi kutilmokda.