Kamida besh kishi jarohatlandi, deb xabar berdi The Japan Times.

11 kilometr chuqurlikda bo'lgan birinchi zilzila epimarkazi Simane prefekturasi sharqida qayd etilgan. Biroq zilzilalar Yaponiyaning g'arbiy qismidagi katta hududda sezilib, televizor va mobil telefonlarda erta ogohlantirish tizimlarini ishga tushirdi.

6,4 magnitudali zilzila Simane prefekturasining Matsue va Yasugi shaharlarida, shuningdek, Tottori prefekturasining Sakay-Minato, Xino va Kofu shaharlarida qayd etilgan. Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) sunami xavfi haqida ogohlantirdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 17:00 holatiga ko'ra, asosiy zilziladan so'ng hududda 21 bor aftershok, jumladan 5,1 magnitudali zilzila sodir bo'lgan.

JMA keyingi haftada, xususan, keyingi ikki-uch kun ichida 5 yoki undan katta magnitudali zilzilalar sodir bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaychi seshanba kuni ertalab jurnalistlar bilan suhbatda hukumat zarar ko'lamini baholayotganini aytdi va mahalliy aholini ehtimoliy zilzilalarga tayyorlanishga chaqirdi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Minoru Kixaraning ma'lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 holatiga ko'ra, zilzila oqibatida hech qanday atom elektr stantsiyasi zarar ko'rmagan. Chugoku Electric Power Coga tegishli atom elektr stantsiyasi Simane prefekturasida joylashgan.

Zilzila oqibatida elektr ta'minotidagi uzilishlar tufayli JR West kompaniyasi Xirosima va Okayama stansiyalari orasidagi Sanyo Shinkansen yo'nalishida poyezdlar qatnovini to'xtatdi.

Jarohatlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma'lumot berilmagan bo'lsa-da, NHK telekanali zilzila oqibatida besh kishi shifoxonalarga yetkazilgani va bir necha bino vayron bo'lganini ma'lum qildi, deb xabar berdi korrespondent.net.