Yaponiyada o'limga olib keladigan infeksiya avj olmoqda

    Yaponiya rasmiylari nekroz va o'limga olib keladigan gemolitik streptokokk infeksiyasi holatlari sonining rekord darajada o'sishini qayd etmoqda. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

    Milliy yuqumli kasalliklar instituti ma'lumotlariga ko'ra, yil boshidan 5-mayga qadar mamlakatda 801 ta infeksiya holati qayd etilgan, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 2,76 barobar ko'pdir. O'tgan yil davomida shifokorlar 941 kishida gemolitik streptokokk infeksiyasini aniqlashdi, deb xabar beradi tass.ru.

    Zararlanish darajasining o'sishining aniq sabablari noma'lum, ammo mutaxassislar pandemiya davrida qo'yilgan cheklovlar engillashgani sababli, xuddi shu turdagi bakteriyalar keltirib chiqaradigan faringit bilan kasallanish holatlari ham ko'payganini ta'kidlamoqda.