Yaponiyada pichoq bilan qurollangan erkak Takaxama meriyasi binosiga o't qo'ydi

    Pichoq bilan qurollangan erkak soliqlar bilan bog'liq muammolari tufayli Yaponiyaning Takaxama shahri meriyasi binosiga yonuvchi suyuqlik sepib, binoni yoqib yubordi, deb xabar berdi Kiodo agentligi.

    Ayti prefekturasidagi Takaxama meriyasi binosida noma'lum shaxs yonuvchi suyuqlikni sepib, uni yoqib yubordi. Oqibatda besh kishi jabrlandi, ularning barchasi shifoxonaga yetkazildi. Ulardan biri, 60 yoshli erkakning butun tanasi kuygan, ahvoli og'ir, hushsiz.

    Yong'in 20 daqiqa ichida o'chirildi. O't qo'ygan shaxs qo'lga olindi. Politsiya hodisa sabablarini o'rganmoqda, deb xabar beradi ria.ru.