Masala juda nozik — fursat esa oz.

Yaponlar ham kartalarida 16 ta raqam ishlatiladi — xalqaro toʻlovga moʻljallangan barcha kartalar singari. Biroq ularga 16 xonali raqamlar ozlik qilib qoldi.

Hukumat naqd pulsiz toʻlovlarni ragʻbatlantira boshlagach, Yaponiyada kredit kartalariga talab har qachongidanda koʻpayib ketdi. Oʻrtada koronavirus boʻyicha vaziyat kartalarning ahamiyatini yanayam oshirib yubordi. Hamma internet orqali xarid qilishga oʻtib oldi.

Kartadagi oʻn olti xonali raqamlar Visa va Mastercard singari xalqaro tizimlar bilan hamkorlik uchun kerak. Bir qarashda 16 xonali raqamlardan kombinatsiyalar yasash son-sanoqsizdek tuyuladi. Aslida unday emas.

Kartadagi dastlabki olti raqam mamlakat, brend, xizmatga doir axborotni oʻz ichiga oladi. Mijozning individual raqamini yasash uchun atigi 10 ta raqam qoladi. Qolaversa, hisob turi haqida maʼlumot ham shuning ichida.

Yaponiyadagi kredit kartalari ishlab chiqaruvchilar masalani yechishga urinishmoqda: xususan, 16 xonali raqamlash tizimi yoniga 17 xonalisini ham qoʻshish masalasi kun tartibiga chiqqan.