Yaponiyada sakura muddatidan oldin gulladi

    Yaponiyada gilos odatdagidan erta gulladi. Kavadzu shahri bog'ida ilk qishki gilos gullarini ko'rish mumkin.

    “Yaponiyada ko'pchilik hali ham niqob taqadi va kovid cheklovlari mavjud. Men uzoq vaqtdan beri birinchi marta xiyobonga bemalol sayr qilish va sakura hidini his qilish uchun keldim”, deydi turist Masshi.

    Mahalliy daryo bo'yida 850 gektarga yaqin yapon gilosi o'sadi. Ularning 70 foizi gullamoqda. Sidzuoka prefekturasi turizm assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, qishki gilos gullaridan fevral oyining oxirigacha bahramand bo'lish mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.