Uchrashuvda Oʻzbekistonda turizm bozorini erkinlashtirish, xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish hamda turizm sohasida investitsiyaviy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir yakunlari boʻyicha mamlakatimiz turizm salohiyati, tarixiy obidalari haqida yaponiyaliklarni keng xabardor qilish hamda “Samarqand brendi”ni targʻib etish maqsadida “PIVOT” mediakompaniyasi jurnalistining Oʻzbekistonga ijodiy safarini tashkillashtirish va maxsus videoblog tayyorlashga kelishib olindi.