Oqibatda harbiy-transport samolyotining olti nafar ekipaj a'zosidan besh nafari halok bo'ldi.

Sohil qo'riqlash xizmati ma'lumotlariga ko'ra, yonayotgan samolyotni evakuatsiya qilishga muvaffaq bo'lgan DHC-8 uchuvchisi og'ir ahvolda. Samolyot mamlakatning zilziladan jabr ko'rgan hududlariga gumanitar yordam yetkazish uchun uchishga hozirlanayotgan edi. To'qnashuv sabablari haqida hozircha ma'lumot yo'q.

Sapporo shahridan Tokioga yo'l olgan JAL layneridagi 367 nafar yo'lovchidan hech biri jabrlanmagan. Qo'ngandan so'ng, ular puflanadigan traplar yordamida evakuatsiya qilindi. 12 ekipaj a'zosining hayoti ham xavf ostida emas.

Hozirda yo'lovchi samolyotining fyuzelyaji deyarli butunlay yonib ketgan. Voqea joyida ishlayotgan o't o'chirish brigadalari olovni bartaraf etishda qiyinchilikka duch kelyapti, deb xabar beradi tass.ru.