Yaponiyada to'fon oqibatida uch kishi halok bo'ldi

    Bugun ertalab Yaponiya janubi-g'arbidagi Kyusyu oroliga yetib kelgan “Shanshan” to'foni oqibatida kamida uch kishi halok bo'ldi, bir kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi Tokiodagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.

    “Bizda uch kishi halok bo'lgani haqida ma'lumot bor, yana bir kishi bedarak yo'qolganlar ro'yxatida”, dedi u. NHK telekanali ma'lumotlariga ko'ra, jarohatlanganlar soni 16 nafardan 40 nafargacha ko'paygan.

    Xayasining aytishicha, 237 mingga yaqin uy xo'jaliklarida, asosan Kyusyu elektr ta'minotida uzilishlar kuzatildi. Kyusyudagi tezyurar yo'llarning 87 ta uchastkasi yopildi, “Sinkansen” tezyurar poyezdlari qatnovi to'xtatildi. So'nggi ikki kun ichida Yaponiyada 700 dan ortiq aviareyslar bekor qilindi.

    endi “Shanshan” Kagosima prefekturasi hududidan asta-sekin shimoliy yo'nalish bo'ylab harakatlanmoqda. To'fon yuz bergan hududda shamolning tezligi soniyasiga 50-70 metrga yetdi, deb xabar beradi tass.ru.