Avvalroq 40 ga yaqin jabrlanganlar haqida xabar berilgan edi. Uch kishi halok bo'ldi, bir kishi bedarak yo'qoldi.
Janubi-g'arbiy Kyusu orolida 200 mingga yaqin xonadon elektr ta'minotisiz qolmoqda. Bundan tashqari, tezyurar yo'llarning 87 ta uchastkasi yopilgan va “Sinkansen” tezyurar poyezdlari harakati to'xtatildi. Oxirgi ikki kun ichida Yaponiyada 700 dan ortiq aviareysbekor qilindi.
Hozir Shanshan Nagasaki prefekturasi hududidan asta-sekin shimoli-sharqiy yo'nalish bo'ylab harakatlanmoqda. To'fon yuz bergan hududda shamolning tezligi soniyasiga 35-40 metrga yetdi.
Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko'ra, Kyusyu orolining bir qancha hududlarida yog'ingarchilik intensivligi kuniga 400-600 millimetga yetmoqda, deb xabar beradi tass.ru.