Zilzila epimarkazi poytaxtga tutash Kanagava prefekturasida, o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q. Yer silkinishlari Ibaraki, Saytama, Tiba va Tokio prefekturalarida ham sezildi. Mobil telefonlarda favqulodda ogohlantirish tizimi o'chdi.
8-avgust kuni janubi-g'arbiy Kyusyu oroli yaqinida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Mamlakatda Nankay yorig'ida 8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lish ehtimoli ortishi haqida vaqtinchalik ogohlantirish bor. U Tinch okeanida, Yaponiyaning janubida joylashgan, deb xabar beradi tass.ru.