Yaponiyada yaxta va yuk kemasining to'qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi, bir necha kishi bedarak yo'qoldi

    Yaponiya qirg'oqlarida yaxta va yuk kemasining to'qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi, bir necha kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

    Yaponiyaning Oita mintaqasidagi Xoto oroli yaqinida shag'al olib ketayotgan yuk kemasi kapitani to'qnashuv haqida ma'lum qildi, deb xabar berdi mahalliy qirg'oq qo'riqlash xizmati.

    Manbaga ko'ra, bir kishi, oitalik 70 yoshli erkak suvda hushsiz holda topilgan. Keyinroq uning o'limi shifoxonada tasdiqlandi.

    Qayd etilishicha, yaxta bortida bir necha kishi bo'lgan. Oltita qirg'oq qo'riqlash kemasi va bitta samolyot bedarak yo'qolganlarni qidirishni davom ettirmoqda, deb xabar berdi report.az.