Yaponiyada yoqqan kuchli yomgʻir tufayli odamlarning hayoti xavf ostida qoldi

    Voqea-hodisalar 4 Iyul 2020 1285

    Shanba kuni kuchli yogʻingarchilik tufayli Yaponiyaning janubiy-gʻarbiy qismidagi Kumamoto va Kagosima prefekturalarida 203 mingdan ortiq aholini (90 ming oila) evakuvatsiya qilish toʻgʻrisida eʼlon qilindi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    Meteorologlar bir qator joylarda yomgʻir tufayli eng yuqori beshinchi xavf-xatarni eʼlon qildi, deya xabar beradi Rossiyaning “Novosti” axborot agentligi. Ushbu daraja mahalliy aholi uchun “Hayotingizni saqlang!” degan maʼnoni anglatadi.

    Kumamoto prefekturasida 4-iyul kuni atigi uch soat ichida 200 millimetr yomgʻir yogʻdi. Mintaqa rasmiylari mudofaa kuchlariga yordam soʻrab murojaat qilishdi. Bosh vazir Sindzo Abe tegishli vazirliklarga odamlarni evakuatsiya qilish va aholini oʻz vaqtida maʼlumot bilan taʼminlashda maksimal yordam koʻrsatishni buyurdi.

    Meteorologiya xizmati yomgʻir shunchalik kuchga ega boʻlishi mumkinki, aholi hayotida hech qachon bunday yomgʻirni boshdan kechirmagan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirmoqda. Yaponiyaning NHK telekanaliga koʻra, uylarining tomida suv toshqinidan xalos boʻlishni istagan odamlar Twitterdan yordam soʻrashmoqda. Daryolarning toshishi, suv toshqini va koʻchki, uylar va koʻpriklarning buzilishi haqida bir qancha xabarlar mavjud.