Yaponiyada yuz bergan zilzila oqibatida 8 kishi jarohatlandi

    Yaponiyada chorshanbaga o'tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila sodir bo'ldi, oqibatda kamida sakkiz kishi jabrlandi.

    NHK televideniesining xabar berishicha, yer silkinishlari eng kuchli sezilgan janubi-g'arbiy Ayti, Koti va Osaka viloyatlarida sakkiz kishi engil tan jarohati olgan.

    Yaponiya janubi-g'arbida, Sikoku va Kyusyu orollari oralig'ida 6,4 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Zilzila o'chog'i Ichki Yapon dengizi va Tinch okeanini bog'laydigan Bungo bo'g'ozida joylashgan bo'lib, manba 50 kilometr chuqurlikda bo'lgan. Tektonik ta'sir sunami xavfini keltirib chiqarmadi. Yer silkinishlari mamlakatdagi yadroviy obyektlarda hech qanday favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishiga olib kelmadi, deb xabar beradi report.az.