“Yaponiya Sog'liqni saqlash vazirligi Keksalarni e'zozlash kuni arafasida mamlakatda yuz yoshga to'lganlar soni rekord darajaga – 99 763 nafarga yetganini e'lon qildi”, deyiladi maqolada.
E'lon qilingan raqamlar 2025-yil 1-sentabr holatiga ko'ra aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga asoslanadi. Ular 2024-yilning shu davriga nisbatan yuz yoshlilar soni 4644 nafarga ko'payganini ko'rsatdi va bu ketma-ket 55 yil davomida yangi rekordga aylandi.
“Yuz yoshga to'lganlar orasida 87 784 nafari ayollar bo'lib, bu umumiy sonining qariyb 88 foizini tashkil etadi”, deyiladi nashrda.
Nashrning qayd etishicha, 100 va undan katta yoshdagi yaponiyaliklar soni doimiy ravishda o'sib bormoqda, Yaponiya hukumati 1963-yildan buyon uning hisobotini yuritib keladi. O'shanda 100 yoshga to'lgan bor-yo'g'i 153 kishi ro'yxatga olingan bo'lsa, 2022-yilda ularning soni 90 mingdan oshdi, deb xabar berdi iz.ru.









