Yaponiyada zilzila oqibatida besh kishi jabrlandi

    Yaponiyaning Kyushu oroli yaqinida sodir bo'lgan 7,1 magnitudali zilzila oqibatida kamida besh kishi jarohat oldi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

    Milliy meteorologiya boshqarmasi Miyazaki prefekturasidan tashqari barcha hududlarda sunami haqidagi ogohlantirishni bekor qildi. Shu paytgacha qayd etilgan to'lqinlarning balandligi 80 dan 20 santimetrgacha bo'lgan.

    Zilzila o'chog'i Kyusyu orolidagi Miyazaki prefekturasi yaqinida, manbai okean tubida 30 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat “Ikata” va “Senday” AESlarida hech qanday favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarmadi, deb xabar beradi tass.ru.